7 kun bepul, keyin 59 000 so'm/oy
Mustaqil o'qituvchi ish maydonida guruhlaringiz, o'quvchilaringiz, davomat va to'lovlar bir joyda turadi. Quyidagi ekranlar — ilovaning o'zidan.
Guruhlaringizni yarating, o'quvchilarni qo'shing va har darsda davomatni belgilang: keldi, kechikdi yoki kelmadi. Hammasi kelgan bo'lsa — bitta tugma. Baholar va uyga vazifa ham guruh ichida, alohida bo'limlarda.
O'quvchi profilida uning davomati, o'zlashtirishi, imtihon natijasi va oylar bo'yicha natijalar dinamikasi ko'rinadi. Shu yerdan to'lov va vazifa bo'limlariga o'tasiz.
O'quvchilaringiz ham Soff CRM ilovasiga kira oladi — o'sha bitta ilova orqali.
To'lovni bir tugma bilan qo'shing. Moliya ekranida shu oy qancha to'langani, kim qarzdor, kutilayotgan daromadning qancha qismi yig'ilgani va to'lov turlari bo'yicha taqsimot ko'rinadi.
O'quvchilar ro'yxati daftarda, Telegram'da va xotirada
Kim to'laganini eslab qolishga harakat qilasiz
Dars va o'quvchi ma'lumotlarini qo'lda yuritasiz
Markazingiz va xodimlaringiz bormi? Siz uchun — o'quv markazlari uchun SOFF CRM.
Ro'yxatdan o'tish ilova ichida bo'ladi. 7 kunlik bepul sinov mavjud.
iPhone: App Store'dan. Android: shu sahifadan APK faylni yuklab oling.

Ilova so'raydi: "SoffCRM'dan qanday foydalanasiz?" Ikki yo'l bor — "O'quv markazi" va "Mustaqil o'qituvchi". SOLO — shu ikkinchisi.

Ismingiz, telefon raqamingiz va ish maydoningiz manzili — masalan, ismingiz.soffcrm.uz.

Telefoningizga kelgan 6 xonali kodni kiriting va ish maydoningizga kiring.

Avval 7 kun bepul sinab ko'ring. Keyin oylik yoki yillik obunani tanlaysiz.
SOLO haqida ko'p beriladigan savollar.
Markazga bog'lanmagan holda dars beradigan mustaqil ustozlar va repetitorlar uchun: o'quvchilar, guruhlar va to'lovlarni telefonda yuritish uchun.
7 kun bepul, keyin 59 000 so'm/oy yoki 590 000 so'm/yil
SOLO — Soff CRM ilovasidagi mustaqil o'qituvchi rejimi · iOS: App Store · Android: APK