Ustoz o'tilgan mavzu bo'yicha xohlagan paytda online test o'tkazadi. Javoblarni tizim tekshiradi, ball va foizni hisoblaydi. Bilim tahlili esa muammoli mavzular va fikrlash darajasini ko'rsatadi.
Testlar ustoz ixtiyorida: o'tilgan mavzu bo'yicha xohlagan paytda, masalan hafta davomida har kuni.
Ustoz yoki admin savollarni fan, mavzu, qiyinlik va fikrlash darajasi bo'yicha kiritadi. Test qo'lda tuziladi yoki bankdan yig'iladi.
Test tugashi bilan ball, foiz va "o'tdi" yoki "o'tmadi" holati hisoblanadi. Har bir savol bo'yicha javoblar saqlanadi.
Yakunlangan test natijalari guruh va har bir o'quvchi kesimida tahlil qilinadi. Natijalar o'quvchi profilida saqlanib boradi.