Meta Pixel

📄 Ommaviy oferta nima?

Ommaviy oferta

📄 Ommaviy oferta nima?

Ommaviy oferta — bu jamoatchilikka yo‘llangan rasmiy taklif. Ya’ni, o‘quv markaz mahsulot yoki xizmatini ma’lum shartlar asosida har kimga taklif qiladi va mijoz bu shartlarga rozilik bildirsa, avtomatik tarzda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Masalan, siz shunday deb yozasiz:

“Ushbu xizmatdan foydalanish orqali foydalanuvchi quyidagi shartlarga rozilik bildiradi...”

Yoki oddiyroq tarzda:

“O‘quv markaz xizmatidan foydalangan holda siz quyidagi ommaviy ofertaga rozilik bildirasiz.”

❗️Bu hujjat shartnoma kuchiga ega bo‘ladi!

🎯 Ommaviy ofertaning asosiy CRM imkoniyatlarii:

  • Huquqiy himoya — siz va o‘quvchi o‘rtasidagi kelishuv huquqiy asosda rasmiylashadi.
  • Oson tartib — har bir mijoz bilan alohida shartnoma tuzishga ehtiyoj qolmaydi.
  • Shaffoflik — mijoz qanday shartlarda xizmat olayotganini aniq biladi.

📌 Oferta odatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Xizmat tavsifi
  • To‘lov shartlari
  • Tomonlarning majburiyatlari
  • Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi
  • Nizolarni hal qilish tartibi
  • Oferta amal qilish muddati va bekor qilish shartlari

🛡 O'quv markazingizda ommaviy oferta bo'lishi sizni qonuniy jihatdan himoya qiladi va kelgusidagi nizolar oldini oladi.

Soff CRM jamoasi bilan o‘rganish va rivojlanishda davom eting!