
Teacher Copilot — Teacher App ichidagi AI yordamchi. O'quvchilar yuklagan uy vazifalarini tekshiradi, test va dars materiallarini tayyorlaydi. Siz esa darsga e'tibor qaratasiz.
Ekranlarda namuna ma'lumotlar ko'rsatilgan
Uzun prompt yozish shart emas. Mavzu, daraja yoki faylni bering — qolganini Copilot tayyorlaydi, siz ko'rib chiqasiz.
O'quvchi bajargan vazifasini rasmga olib, o'z ilovasidan yuklaydi. Copilot to'g'ri va xato javoblarni belgilaydi, baho taklif qiladi. Oxirgi so'z — sizda.
Dars mavzusi, daraja va savollar sonini yozing — test tayyor. Har dars uchun yangi test, bir necha so'z bilan.
Dars kitobi sahifasi, PDF yoki rasm yuklang — Copilot aynan shu material asosida savollar tuzadi.
Tekshirilgan uy vazifalari asosida Copilot har bir o'quvchi qaysi mavzuni yaxshi o'zlashtirganini va qaysi mavzuda qiynalayotganini ko'rsatadi. Keyingi darsni shunga qarab rejalaysiz.
Eski testlaringiz yoki yig'gan savollaringiz bormi? Ularni ilovaga yuklang — Copilot mavzu va daraja bo'yicha saralab, qayta ishlatiladigan savollar bazasini shakllantiradi.
Darsda ishlatadigan mashqlar varag'i, krossvord yoki workbook sahifasini tayyorlab oling — chop etishga tayyor holda.

Birinchi tekshiruvni Copilot qiladi — siz natijani ko'rib, tasdiqlaysiz.

Mavzuni yozasiz yoki fayl yuklaysiz — savollar tayyor bo'ladi.

Workbook, krossvord va mashqlar — darsga olib kirishga tayyor.
Bir nechta qisqa savoldan so'ng ulanish Telegram botimizda davom etadi. To'lov Copilot hisobingizga ulangandan keyin olinadi.
«Sotib olish» yoki «Ishlatib ko'rish»ni bosing va bir nechta qisqa savolga javob bering. Ulanish Telegram botimizda yakunlanadi.
Copilot hisobingizga ulangandan keyin. Saytda karta ma'lumotlari so'ralmaydi.
Copilot tekshiruv natijasi va baho taklifini tayyorlaydi. Yakuniy bahoni siz tasdiqlaysiz yoki o'zgartirasiz.
O'quvchi bajargan vazifasini rasmga oladi va o'z ilovasidan yuklaydi. Copilot shu rasmni tekshiradi, natija sizga keladi.
Teacher App'dan foydalanadigan ustozning o'zi uchun — 49 000 so'm/oy.
Tekshiruv va tayyorlovning og'ir qismini Copilot'ga bering — darsga ko'proq kuch qolsin.